O‘zbekiston | 15:50 / 30.10.2019
13905
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik seysmik nosoz ko‘p qavatli uylarning buzilishi haqidagi xabarga izoh berdi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekistonda seysmik nosoz ko‘p qavatli uylar buziladi» sarlavhali xabar yuzasidan Qurilish vazirligi matbuot xizmati tushuntirish berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu yerda gap respublika bo‘yicha barcha seysmik nosoz uylar emas, balki avariya holatida ekani aniqlangan 455ta ko‘p qavatli uylarning ayrimlari haqida ketmoqda.

«Gap shundaki, yig‘ilishda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov 455ta avariya holatidagi uylar to‘g‘risida gapirgan edi. Nazirovdan keyin so‘zga chiqqan Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ham o‘sha uylarni nazarda tutgan holda so‘zni davom ettirgan», – deyiladi Qurilish vazirligi axborot xizmati tushuntirishida.

Aniqlik kiritilishicha, hozirgacha 455ta uyning 80 foizi texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, qolgan 20 foizi yil oxirigacha o‘rganib chiqiladi va shundan keyin ulardan qaysilari buzilishi yoki rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha xulosa beriladi.

Mavzuga oid:
Qurilish vaziri o‘rinbosari: «Renovatsiya – osonlik bilan kechadigan jarayon emas»

O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylarning yarmidan ko‘pi ta'mirtalab ahvolda

Mavzuga oid