Krishtianu Ronalduning sartaroshi o‘ldirib ketildi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning sartaroshi Rikardo Markes Ferreyra Shveytsariyadagi mehmonxonalardan birida shafqatsiz tarzda o‘ldirib ketildi. Erkakning jonsiz tanasi 2 noyabrda topilgan.
Mundo Deportivo nashri ma'lumotlariga ko‘ra, jonsiz Ferreyrani Tsyurixdagi mehmonxonaning xonani tozalashga kelgan xodimasi aniqlagan. Sartaroshning qonga belangan jonsiz tanasi pichoqdan olingan jarohat alomatlari bilan karavotda yotgan bo‘lgan.
Xodimaning aytishicha, u xonaga kirganda u yerdan spirtli ichimlik hidi anqib turgan va xona qonga belangan bo‘lgan. Politsiya jinoyatni sodir etgan kimsalarni qidirmoqda.
Rikardo Markes oxirgi ikki yil davomida Shveytsariyada yashagan. Uning mijozlari orasida Ronaldudan tashqari portugaliklik bir necha model va aktrisalar bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024