Jahon | 18:56 / 04.11.2019
10321
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy Saudiya Arabistoni qiroliga hamkorlik to‘g‘risidagi taklif bilan chiqdi

«AQShning bosimi mintaqadagi qo‘shnilarni ajratib yubormasligi lozim. Tinchlikka erishish uchun bizga kollektiv hamkorlik zarur», dedi Eron rasmiy vakili Ali Rabiy. 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saudga mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha maktub yo‘lladi. Bu haqda Eron rasmiy vakili Ali Rabiy ma'lum qildi.

"Eron prezidenti Saudiya Arabistoni qiroliga mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikka bag‘ishlangan maktub yo‘lladi. AQShning bosimi mintaqadagi qo‘shnilarni ajratib yubormasligi lozim. Tinchlikka erishish uchun bizga kollektiv hamkorlik zarur", - dedi u

Ruhoniy 23 sentyabrda Fors ko‘rfazidagi barcha davlatlarni mintaqada kemalar harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Eronning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi. 

14 oktabr kuni Eron prezidenti Tehron mintaqadagi barcha davlatlar, jumladan Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Mavzuga oid