O‘zbekiston | 00:42 / 05.11.2019
107409
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “buxanka” narxi yana oshdi

O‘zbekistonda oziq-ovqat do‘konlari va supermarketlarda qolipli non (buxanka) narxi yana ko‘tarildi. Bu “buxanka” narxining oxirgi 20 kun ichida ikkinchi marta oshishidir.

“Potrebitel” guruhi ishtirokchilarining xabar berishicha, endi “buxanka” 1,6 ming so‘mdan 1,9 ming so‘mgacha narxda sotilmoqda. Guruh ishtirokchilaridan birining ta'kidlashicha, Angrenda buxanka 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda. 

Kun.uz muxbirlari ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘plab joylarda “buxanka” narxi 100-200 so‘mga oshgan. Jumladan, ba'zi do‘konlarda buxanka 1,6 ming so‘mdan, bozorlarda esa 1,7 ming so‘mdan sotilmoqda.

“Buxanka” narxi oxirgi marta joriy yilning 15 oktyabrida oshgandi. O‘shanda u 1,3-1,5 ming so‘mdan sotila boshlangan. Bungacha esa buxanka narxi bir necha yil davomida 600-650 so‘m atrofida bo‘lib, 2018 yil sentyabrdagina oshirilgandi.

Mavzuga oid