Jamiyat | 14:42 / 05.11.2019
11760
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikki kunda 3ta pichoqbozlik holati sodir bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 2 noyabr soat 02.10larda M.H. «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Qosim karvon» fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘zaro janjal oqibatida «Toshhovuz» MFY Yoshlik ko‘chasida yashovchi J.M.ning ikkala oyog‘iga va beliga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

«Postda» nashri xabariga ko‘ra, natijada J.M. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda hayotdan ko‘z yumgan J.S. esa qo‘lga olingan.

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 1 noyabr soat 20.30larda «Ko‘kyor» MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan J.X. oshxonada o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshlari Sh.A. va O. Sh.ni do‘pposlab, voqea joyidan ketib qolgan. 

Shundan so‘ng Sh.A. ukasi M.A. bilan birga J.X.ning uyiga masalani hal qilib olish uchun borishadi. J.X. mast holda uyi derazasi orqali ko‘chaga chiqib, M.A.ning chap soniga hamda Sh.A.ning ko‘kragi, chap biqini, yelkasi hamda chap bilagiga pichoq urib jarohat yetkazgan. Natijada aka-ukalar kasalxonaga yotqizilgan. J.X. esa ushlangan.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1 noyabr soat 21.30larda Yangiturmush mahallasida yashovchi F.M. mast holda Aeroport mahallasida joylashgan «Diydor» to‘yxonasi oldida o‘zaro janjal paytida shu yerlik S.R.ning qorniga pichoq urib jarohat yetkazgan. S.R. kasalxonaga yotqizilgan. F.M. esa ushlangan.

Har uchala holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid