Jamiyat | 10:15 / 06.11.2019
11525
1 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘rilikda gumonlangan talaba qo‘lga olindi

3 noyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumani «Rabot» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.E.ning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi.

«Postda» nashri xabariga ko‘ra, uy mehmonxonasidan umumiy qiymati 4 million so‘mlik uch turdagi zargarlik buyumi va hovlidagi qo‘yxonadan bir bosh qo‘y o‘g‘irlab ketilgan.

Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng voqea joyiga ichki ishlar organi xodimlari yetib keldi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyat qisqa fursatda fosh etildi. «Rabot» mahalla fuqarolar yig‘ida yashovchi, Buxoro muhandislik institutining    2-bosqich talabasi K.A. jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid