Fan-texnika | 14:30 / 06.11.2019
5026
2 daqiqa o‘qiladi

Xerox korporatsiyasi HP kompaniyasini sotib olmoqchi

Foto: AP

Xerox bozor narxidan ko‘proq narx taklif qilmoqchi hamda naqd pul va aksiyalar bilan to‘lov qilmoqchi.

 Xerox Holdings korporatsiyasi HP Inc kompaniyasini sotib olishni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal yozmoqda

Xerox bozor narxidan ko‘proq narx taklif qilmoqchi hamda naqd pul va aksiyalar bilan to‘lov qilmoqchi, deb ma'lum qilgan nashr suhbatdoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xerox direktorlar kengashi kelishuv imkoniyatini 5 oktyabrda muhokama qilgan.

Xerox asosan yirik printerlar va nusxa ko‘chirish texnikasini ishlab chiqaradi, HP esa kichik printerlar va ular uchun kartrijlar ishlab chiqaradi.

2015 yilda Hewlett-Packard tarkibidan ajralib chiqqan HP dunyodagi kompyuterlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri ham hisoblanadi. 

Xerox yillik daromadi 10 mlrd dollar atrofida, HP kompaniyasiniki esa 58 mlrd dollar.

Mavzuga oid