Jahon | 08:35 / 07.11.2019
5271
2 daqiqa o‘qiladi

Twitter’ning ikki xodimi Saudiya Arabistoniga ayg‘oqchilik qilishda ayblandi 

Foto: REUTERS

AQShda Twitter kompaniyasining ikki sobiq xodimi Saudiya Arabistoniga ayg‘oqchilik qilishda ayblanmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Sud xulosasiga ko‘ra, ularga “xorijiy hukumat agenti bo‘lib ishlash” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 

AQSh federal prokurori Devid Andersonning ta'kidlashicha, ayblanuvchilar Twitter’ning ichki ma'lumotlarida Saudiya Arabistonini tanqid qiluvchilar va boshqa minglab foydalanuvchilar haqida axborot izlashgan. 

Ayblanuvchilardan biri, AQSh fuqarosi Ahmad Abuammo qarashlari Saudiya Arabistonining rasmiy qarashlaridan farqlangan uch foydalanuvchi ortidan kuzatuv olib borishda hamda FQB tergoviga qarshilik ko‘rsatish maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Ikkinchi ayblanuvchi Saudiya Arabistoni fuqarosi Ali Alzabara bo‘lib, u Saudiya Arabistoni iltimosi bilan Twitter’ning 6 mingdan ko‘proq akkauntiga kirgan.

Saudiya Arabistonining yana bir fuqarosi podshohlik va Twitter xodimlari o‘rtasida vositachilik qilishda ayblanmoqda.
 
Washington Post nashrining manbalarga tayanib yozishicha, ayblanuvchilar topshiriqlarni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli xayriya jamg‘armasi rahbaridan olishgan.

Mavzuga oid