Parlament: NHHni ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish masalalari o‘nga yaqin qonun hujjatlari bilan tartibga solinmoqda
Parlament quyi palatasida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya yig‘ilishida joriy yilning 26 mart kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini amaliyotda qo‘llanish natijalari muhokama qilindi.
Mazkur Yagona uslubiyot parlament tomonidan 60dan ortiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va tegishli idoralar e'tiboriga yetkazilgan bo‘lib, unda normativ-huquqiy hujjatlarni nafaqat texnik jihatlarini, balki ularda aks etishi zarur bo‘lgan tarkibiy qismlarni, shuningdek hujjatga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallar mazmuniga qo‘yilgan talablarni ham aniq belgilab berilgan.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda Yagona uslubiyot talablarini bajarishda ayrim muammolar ham kelib chiqmoqda.
Bunda Yagona uslubiyotning yuridik kuchi qonun darajasida emasligi xam sabab bo‘lmoqda. Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarorlarining yuridik ta'sir kuchi cheklangan, ya'ni qonun darajada emas.
Shu sababli ushbu Yagona uslubiyotning yuridik maqomini kuchaytirish masalasi komissiya a'zolari tomonidan batafsil muhokama qilindi.
Komissiya, Yagona uslubiyotni bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi tahrirda ko‘rib chiqilayotgan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga ilova qilgan holda tasdiqlashni maqsadga muvofiq deb topdi.
Yig‘ilishda parlament tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, idoraviy huquqiy hujjatlarning salmog‘i kamaymayotgani qayd etildi. Bugungi kunda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish masalalari o‘nga yaqin turli yuridik kuchga ega qonun hujjatlari bilan tartibga solinmoqda.
Bu borada Adliya vazirligi tomonidan «tartibga solish gilotinasi» kabi yangi prinsipial tizimni amaliyotga joriy etish maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, bugungi kunda o‘z dolzarbligi yo‘qotgan 390dan ortiq hujjat bekor qilindi.
Muhokama asosida kechgan yig‘ilish yakunida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
20:37 / 05.12.2024
Makron Fransiya hukumatini iste’foga chiqardi
08:02 / 05.12.2024
Fransiya parlamenti mamlakat hukumatiga ishonchsizlik bildirdi
16:29 / 28.11.2024
Uzoq kutilgan huquqmi yoki qaltis yo‘l? Britaniyadagilar evtanaziya masalasida bahslashmoqda
17:59 / 20.11.2024