Boliviyaning vaqtinchalik rahbari senator ayol bo‘ldi
Boliviyalik senator-demokrat Janin Anes 12 noyabrda o‘z zimmasiga Boliviyaning vaqtinchlik prezident vakolatlarini olishini e'lon qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
“Men konstitutsiyaga muvofiq davlat rahbari majburiyatlarini darhol o‘z zimmamga olaman”, deb aytgan Anes Boliviya parlamenti minbaridan. U iloji boricha tezroq saylovlar o‘tkazishini ta'kidlab o‘tgan.
10 noyabrda Boliviyaning endilikda sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklar tufayli prezident lavozimini tark etishini e'lon qilgandi. Uning ortidan vitse-prezident Alvaro Garsia Linera va mamlakatning oliy rahbariyati ham iste'foga chiqqan.
Boliviya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident va vitse-prezident iste'foga ketsa, mamlakatni senatorlar palatasi raisi, agar u ham lavozimidan ketsa, deputatlar palatasi raisi vaqtinchalik boshqarishi kerak.
Yuqorida qayd qilingan rahbarlarning barchasi iste'foga chiqqani sababli, Anes davlatni boshqarish vakolatini o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘lgan siyosatchilar orasida birinchiga aylandi.
Mavzuga oid
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
17:12 / 23.09.2024
Yuragi va miyasi eng sog‘lom qabila: Boliviyadagi simanlarning siri nimada?
22:37 / 27.06.2024