O‘zbekiston | 19:48 / 13.11.2019
101793
1 daqiqa o‘qiladi

XDP vakili Ulug‘bek Inoyatovning 2,5 mln so‘m oylik bemalol besh farzandli oilaga yetishi to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berdi 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi sektor mudiri Ravshan Xomitov partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlariga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston XDP yetakchisi «Besh nafar farzandi bor va bitta oylik maoshi bilan yashayotgan bo‘lsa, 2,5 million oylik olsa, bemalol uyidagi besh nafar farzandi bilan... Buni iqtisodchilar hisoblab chiqqan», degandi.  

Bugun, 13 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Ravshan Xomitov Ulug‘bek Inoyatov faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutganligini aytdi.

«Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Ulug‘bek Ilyasovich, 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganida oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutgan edi», - dedi Xomitov.

Ulug‘bek Inoyatovning o‘sha so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikrlarga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid