Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd bir soatdan ortiqroq vaqt Jomboyda to‘xtab qoldi
14 noyabr oqshomida Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan «Sharq» poyezdi «Jomboy» stansiyasida ma'lum vaqt to‘xtab qoldi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJdan ma'lum qilishlaricha, bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Kompaniya rasmiy xabarida elektrovozda kuzatilgan nosozlik «qisqa muddatda bartaraf qilingani va poyezd o‘z yo‘nalishida harakatini davom ettirgani» ma'lum qilingan.
Biroq yo‘lovchilardan biri, Elyor Akbarov ismli Facebook foydalanuvchisi poyezd to‘xtab turgan vaqtda o‘z sahifasida jonli video ulashgan bo‘lib, unda yo‘lovchilar elektrovoz bir soatdan ortiqroq vaqtdan buyon to‘xtab turgani haqida aytishgan.
Darhaqiqat, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» bildirishida poyezddagi nosozlik soat 18:55da ro‘y bergani aytilgan bo‘lsa, Facebook foydalanuvchisining jonli videosi soat 20:17da boshlangan, ya'ni bu vaqtda poyezd hali to‘xtab turgan bo‘lgan.
Kun.uz bog‘langan yo‘lovchilardan biri poyezd taxminan 1 soat-u 45 daqiqa to‘xtab turganini ma'lum qildi.
«Yo‘lovchilardan biri samolyotga chiptasi borligini aytgan edi, temiryo‘l xodimi: «Harakatingizni qilavering, hali yurmaydi», deb javob qildi. Xodimlar biron izoh berish o‘rniga, odamlarni koyib berdi», – deydi yo‘lovchi.
Qo‘shimcha qilish joiz, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma'muriyati o‘z rasmiy xabarida noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
16:15 / 19.12.2024
Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi
10:22 / 19.12.2024
Murmansk oblastida ikki poyezd to‘qnashib ketdi
10:26 / 16.12.2024
Toshkent viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd Damas’ni urib yubordi
10:00 / 16.12.2024