Jamiyat | 17:42 / 16.11.2019
7784
1 daqiqa o‘qiladi

Is gazidan zaharlanish bo‘yicha navbatdagi holat: Jizzaxda bir kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

2019 yilning 15 noyabr kuni soat 14:30larda Jizzax viloyati Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasida yashovchi R.R., turmush o‘rtog‘i U.R. hamda farzandi Sh.R. yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R. shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin, O‘zbekistonda yana 10 kishi is gazidan zaharlangani, ikki fuqaro vafot etgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid