Jahon | 23:05 / 17.11.2019
14206
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yirik neft-gaz kompaniyasi 1,7 trln dollarga baholandi

Dunyoning eng yirik neft-gaz kompaniyasi, Saudiya Arabistonining Saudi Aramco milliy korporatsiyasining narxi 1,6 trlndan 1,7 trln dollargachani tashkil qiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Avvalroq Ar-Riyodda kompaniya narxi IPO natijalariga ko‘ra 2 trln dollarni tashkil qilishiga umid qilinayotgandi. 

Kompaniya IPO doirasida o‘z aksiyalarining 1,5 foizini yoki 3 mlrdta aksiyasini 30 rialdan 32 rialgacha (8-8,5 dollar) narxda sotuvga chiqarmoqchi. Kompaniya shu tariqa 25,6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Sotuvga chiqariladigan aksiyalarning yakuniy hajmi 5 dekabrda ma'lum bo‘ladi. Aramco Xitoyning Alibaba kompaniyasi Nyu-York fond birjasida 2014 yilda ilk bor aksiyalarini sotuvga chiqarganda jalb qilgan 25 mlrd dollarlik rekordni yangilashi mumkin. 

Aksiyalar sotilishidan olinadigan pullar Saudiya Arabistonining milliy farovonlik jamg‘armasiga yo‘naltirilib, mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash rejasi - Vision 2030 dasturini jadallashtirish uchun qo‘llanadi. 

Mavzuga oid