Formula-1: Maks Ferstappen Braziliya bosqichida g‘olib bo‘ldi
“Red Bull” jamoasining gollandiyalik poygachisi Maks Ferstappen “Formula-1” poygasining 20-bosqichi – Braziliya gran-prisida g‘olib bo‘ldi.
2-o‘rinni “Toro Rosso” vakili, fransiyalik poygachi Per Gasli egallagan. Marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tgan “Mersedes” a'zosi, britaniyalik poygachi va amaldagi chempion Lyuis Xemilton “Red Bull” a'zosi Aleksander Albon bilan oxirgi aylanada to‘qnashib ketgani sababli 5 soniyalik jarima olib, 7-o‘ringa tushib ketgan. Shundan keyin 3-o‘ringa “Makleren” vakili Karlos Sayns ko‘tarilgan.
E'tiborlisi, Xemilton avvalgi bosqichdayoq o‘ziga navbatdagi chempionlikni kafolatlab qo‘ygandi.
“Ferrari” a'zolari Sebastyan Fettel va Sharl Lekler finishgacha 5 aylana qolganda to‘qnashib ketishgan va poygadan chiqib ketishgan. Shuningdek, “Mersedes” poygachisi Valtteri Bottas ham poygani yakunlay olmagan.
Umumiy hisobda Xemilton 387 ochko bilan 1-o‘rinni, Bottas 314 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Ferstappen esa ushbu muvaffaqiyatidan keyin (260 ochko) 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Mavsumning oxirgi bosqichi Abu-Dabida 29 noyabr-1 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021