Jamiyat | 16:42 / 19.11.2019
11711
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy sud Chustdagi maktabning ishga qaytarilgan direktori bo‘yicha munosabat bildirdi

Foto: KUN.UZ

 17 noyabr kuni saytimizda Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-umumta'lim maktabidagi holat haqida maqola e'lon qilingan edi.

 Maqolada shu yilning iyul oyi  maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilishda ayblanib lavozimidan ketgan maktab direktori R. Ismoilovaning o‘z ishiga qayta tayinlangani yuzasidan o‘qituvchilarning noroziligi va muammo yuzasidan mutasaddilar, o‘qituvchi va direktorning fikrlari bayon etilgandi.

 Mazkur materialga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati o‘z munosabatini bildirdi.

«Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-sonli maktab direktori lavozimida ishlab kelgan Ravshanoy Ismoilovaning javobgar Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga nisbatan «Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilib, lavozimga tiklash haqida»gi da'vo arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 2-1601-1919/18757-sonli fuqarolik ishi fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, sudning 2019 yil 17 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan da'vo ariza qanoatlantirilgan.

Ushbu hal qiluv qaroriga nisbatan shu kunga qadar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berilmagan va protest keltirilmagan. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid