Germaniyaning sobiq prezidenti o‘g‘li ma'ruza o‘qish vaqtida olingan pichoq jarohatidan vafot etdi
1984 yildan 1994 yilgacha Germaniya prezidenti lavozimini egallagan Rixard fon Vaytszekkerning o‘g‘li – shifokor Frits fon Vaytszekkerga Berlindagi Schlosspark-Klinik shifoxonasida ma'ruza o‘qiyotgan vaqtda pichoq bilan hujum qilindi. Shifoxonada 2005 yildan beri bosh shifokor bo‘lib ishlab kelgan 59 yoshli Frits fon Vaytszekker olingan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda RBB teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Politsiyada ta'kidlanishicha, voqea 19 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18.50 atrofida yuz bergan. Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan kimsaga to‘sqinlik qilishga uringan ma'ruza ishtirokchilaridan biri og‘ir jarohat olgan.
Politsiya jinoyatchini shifoxona hududida qo‘lga olgan. U nima uchun ushbu qotillikni sodir etgani hozircha ma'lum emas. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Marhum voqea vaqtida jigar muammolariga bag‘ishlangan ma'ruza olib borgan.
Mavzuga oid
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024