Narpayda elektr tarmoqlari korxonasining yarim milliard so‘m mablag‘i talon-toroj qilingan
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi va Narpay tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr ta'minoti korxonasida iste'molchilarning shaxsiy hisob-varaqalariga kiritilgan to‘lovlarning qonuniyligi o‘rganilganda elektr tarmoqlari korxonasining katta miqdordagi mablag‘i asossiz tarzda turli korxonalar hisob-raqamlariga o‘tkazib yuborilgani aniqlangan.
Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Kun.uz`ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2018-2019 yillar davomida korxonaning bir guruh xodimlari korxonaning hisob raqamidagi jami 499,1 million so‘m miqdordagi pul mablag‘larini hududda joylashgan 173 ta korxona va tashkilotlarning “Elektrhisob” dasturidagi shaxsiy hisob-raqamlariga hech qanday hujjat va asossiz o‘tkazib berilgan.
Noqonuniy o‘tkazib berilgan mablag‘lar evaziga ushbu korxona va tashkilotlar mas'ul xodimlaridan naqd pullarni olib, ushbu pullarni elektr ta'minoti korxonasiga kirim qilmasdan, bank kassasiga topshirmasdan, o‘zlarining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Mavzuga oid
21:48 / 26.11.2024
KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi elektr uzatish tarmoqlarini demontaj qilmoqda
22:37 / 09.11.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
15:27 / 10.07.2024