Fan-texnika | 13:33 / 22.11.2019
15731
3 daqiqa o‘qiladi

Bekor yotgan eski smartfonni qanday foydali qo‘llash mumkin?

Foto: Kim Kyung Hoon / Reuters

Yangi smartfon sotib olingach, odatda eski smartfondan darrov xalos bo‘lishga urinmaymiz. “U-bu joyda turib tursin, yana asqotib qolar”, deb o‘ylaymiz odatda bunday vaziyatda. Biroq AQShning Popular Mechanics nashri eski smartfonlarning “ishsiz” yotishiga qarshi va ularni yana foydali qilish yo‘llari bilan bo‘lishdi.

Uy xavfsizligi tizimi 

Eski telefonni quvvatlab, unga uy ortidan kuzatuv olib boruvchi dastur, misol uchun, AtHome Video Streamer’ni yuklang. Gadjetni shunday o‘rnatingki, uning kamerasi siz kuzatmoqchi bo‘lgan xona tomon qarab tursin. Yangi smartfonga AtHome Camera dasturini yuklab oling. U eski smartfondagi AtHome Video Streamer bilan sinxronlashtiriladi. Eski smartfoningiz biror harakat payqalganda yangi smartfonga bu haqida ogohlantirish jo‘natadi. 

Videoenaga

Buning ishlash prinsipi yuqoridagiga o‘xshashdir. Ikkala smartfonga ham Cloud Baby Monitor, Dormi yoki Baby Monitor 3G smartfonidan birini o‘rnating. Bolaning xonasida eski smartfon kamerasini bolaga yaqinroq qilib joylashtiring. Yo‘riqlarga amal qilib, bolangiz ortidan boshqa begona odam kuzata olmasligi uchun albatta maxfiylik sozlanmalarini o‘rnating. WiFi parol bilan himoyalanganini tekshiring.     

GPS-treker

Siz o‘z mashinangizni qayerga qo‘yganingizni esdan chiqarib qo‘yadiganlardan bo‘lsangiz yoki uning olib qochilishidan xavotirlansangiz, yangi telefonga “Nayti iPhone” yoki Find My Device dasturini o‘rnating va ekranda chiqadigan yo‘riqlarga amal qiling. Eski qurilmani portativ quvvatlash qurilmasiga ulab, uni bardachokka solib qo‘ying va avtomobilingiz xavfsizligiga qayg‘urmagan holda bemalol istagan joyingizga - ishga, do‘stingiznikiga yoki do‘konlarga borishingiz mumkin bo‘ladi.  

Videoregistrator

Buning uchun eski smartfonga Autoboy Dash Cam kabi dasturlardan birini o‘rnatib, smartfonni quvvatlash manbasiga ulab, uni mahkamlagich yordamida avtomobil peshoynasiga o‘rnating va undan videoregistrator sifatida foydalanishni boshlang.

Mavzuga oid