Fan-texnika | 19:00 / 22.11.2019
32360
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram faoliyatida keng ko‘lamli nosozlik ro‘y berdi

22 noyabr kuni Telegram messenjeri faoliyatida butun dunyo bo‘yicha nosozlik yuz berdi. Hodisa sabablari hozircha noma'lum.

Telegram messenjeri foydalanuvchilari xizmat ishidagi uzilishlar muammosiga duch kelishdi. Foydalanuvchilar qariyb 20 daqiqa mobaynida messenjer orqali xabarlar jo‘nata olmay qolishdi.

Downdetector servisi ma'lumotlariga ko‘ra, messenjerga kirish bo‘yicha eng ko‘p muammolar asosan MDH mamlakatlarida yashovchi foydalanuvchilarda yuzaga kelgan. Shuningdek, nosozlik Ukraina, Germaniya, Irlandiya, AQSh va Hindiston kabi mamlakatlarga ham ta'sir qilgan.

Hozircha bu borada rasmiy ma'lumot berilmadi.

Mavzuga oid