Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
2019 yil 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi 50-yalpi majlisi doirasida o‘tkazildi.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Federatsiya Kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Spikerning aytishicha, Rossiya tomoni O‘zbekistonda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va bu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bo‘lajak saylovning borishini kuzatish uchun respublikaga Rossiya Federatsiyasi va MDH PAning nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurishi aytib o‘tildi.
V.Matviyenkoning ta'kidlashicha, Rossiyada O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil fevralda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu tashrif ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Federatsiya Kengashi O‘zbekiston rahbarining Rossiyaga tashrifi dasturini parlamentga doir masalalar bilan boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi ta'kidlandi. Rossiya tomoni tashrif arafasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024