Jahon | 18:57 / 23.11.2019
8590
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidenti kutilmaganda Iroqqa keldi

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens e'lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa keldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Agence France-Presse (AFP) xabar berdi.

 Ma'lumotga ko‘ra, Pens Bag‘dod g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy bazasidagi AQSh harbiylari bilan uchrashadi.

O‘z navbatida Reuters agentligi AQSh vitse-prezidenti tashrif davomida Iroq hukumati rahbari bilan uchrashishini xabar qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yil 26 dekabrda Iroqqa e'lon qilinmagan tashrif bilan kelgan va u yerdagi AQSh harbiylari bilan uchrashgandi. 

Mavzuga oid