Jamiyat | 12:25 / 23.11.2019
6953
1 daqiqa o‘qiladi

Chimkentda 5 nafar o‘zbekistonlik tom qulashi natijasida jarohatlandi

Foto: Qozog‘iston FVV

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 21 noyabr kuni Chimkent shahrida qurilayotgan obektning tom qismi qulashi natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan. 

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, hamyurtlarimiz 3-son shahar shifoxonasiga joylashtirilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiya bo‘limida.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hududiy hokimiyat organlari va tibbiyot muassasasi bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Mavzuga oid