Jamiyat | 18:50 / 25.11.2019
7583
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi»da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida joriy yilning 21-23 noyabr kunlari «Global hamkorlik-barqaror taraqqiyot sharti va kafolati» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman dasturiga ko‘ra 22 noyabr kuni «O‘zbekiston» mehmonxonasi anjumanlar saroyida plenar yig‘ilishi tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbarlari, mas'ul xodimlari va 8 ta xorijiy davlatdan (Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) tashrif buyurgan 30 dan ortiq mutaxassislar va olimlar ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida YuNeSKO vakili, fransuz olimi Albert Fishler ishtirokida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti olimlari bilan «Ilm va ta'limda innovatsiya» mavzusida seminar-trening tashkil etildi hamda anjuman davomida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Belorussiya davlat transport universiteti bilan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro ilmiy-texnik anjumanida 22-23 noyabr kunlari quyidagi sho‘'balar faoliyat olib bordi:

1-sho‘ba.Transport-texnologik mashinalar ekspluatatsiyasi, transport tizimlari sifati va samaradorligini oshirish istiqbollari.

2-sho‘ba. Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, transport tonnellarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasining zamonaviy texnologiyalari.

3-sho‘ba. Barqaror taraqqiyot omillarining globallashuvi: ta'lim, tarbiya, siyosat, iqtisod, ijtimoiy hayot.

4-sho‘ba. Raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llanilish istiqbollari.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid