Maksim Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda YeOIIga qo‘shilishini aytdi
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30 noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (Vysshaya shkola ekonomiki) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma'lum qildi. Bu haqda iqtisodchi Behzod Hoshimov telegramdagi kanalida xabar bergan.
«Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VShE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishini tasdiqladi. Undan tashqari talabalarga kelayotgan ta'tilda O‘zbekistonga borishni tavsiya qildi va O‘zbekiston turistik jihatdan nihoyatda qiziqligi va mehmondo‘stligini aytib o‘tdi. Hozirda muzokaralar O‘zbekiston davlat korxonalariga Yevroosiyo ittifoqiga kirishdagi imtiyozlar haqida bo‘layotganini va bu masalada kelishuv albatta bo‘lishi haqida aytdi.
Aytish joizki, Oreshkin hozirda Rossiya va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining Rossiya tarafidan rahbari hisoblanadi.
Boshqa juda ishonchli manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga kirishi 2020 yilning kuzida, Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e'lon qilinar ekan», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktabr oyi boshida Rossiya Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko Toshkentga tashrifi vaqtida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida ma'lumot bergandi.
Keyinroq Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston ushbu ittifoqqa qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganayotganini ma'lum qildi va shu bilan birgalikda O‘zbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvchi hech qanday shartnomaga qo‘l qo‘ymasligini ta'kidladi.
7 oktabr kuni O‘zbekiston Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi joylashtirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-2025 yillarda YeOIIga a'zo bo‘lib kirishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024
«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
21:12 / 17.10.2024