Sport | 16:26 / 02.12.2019
15252
2 daqiqa o‘qiladi

«Al Maktoum» fondi «Dinamo»ning titul homiysiga aylanishi mumkin

Foto: Tribuna.uz

Samarqandning «Dinamo» klubida ispaniyalik murabbiy paydo bo‘lishi mumkin. Bu borada Samarqand viloyat hokimiyatida muzokara o‘tkazilgan. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ispaniyalik mutaxassislar bilan muzokaradan so‘ng klubga ispaniyalik murabbiylar ish boshlashiga rozilik bildirgan.

BAA amiri Muhammad ibn Rashid Al Maktumga tegishli «Al Maktoum» fondi Samarqandda futbolni rivojlantirish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirgan. Fond Madridning «Real» klubi bilan hamkorlikda Samarqandning «Dinamo» klubiga Ispaniyadan murabbiy yubormoqchi. Qo‘shimchasiga ispaniyalik murabbiyning yarim maoshi fond tomonidan to‘lab beriladi.

«Al Maktoum» fondi vakillari fevral oyida Samarqandga kelishadi. Ular tashrif chog‘ida «Dinamo» bosh jamoasi va klub akademiyasi faoliyati bilan tanishadi. Aynan mana shu tashrif vaqtida qo‘shimcha shartnomalar imzolanishi mumkin. «Al Maktoum» fondi Samarqandning «Dinamo» klubiga titul homiy bo‘lishi ham istisno qilinmayapti.

Mavzuga oid