Foto: Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan Buxoro bug‘usi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi
29 noyabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi hududidan O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan bir bosh Buxoro bug‘usi (xongul) Surxondaryo viloyati Termiz tumani «Ayritom» mahallasi hududiga o‘tib, mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur hodisaning guvohi bo‘lgan mahalliy fuqarolar Sardor Bozorov, Botir Xudoyberdiyev va Behruz Rahmonov viloyat IIB YXXBga xabar berishgan.
O‘z navbatida, IIB xodimi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar bir bosh Buxoro bug‘usi Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilib, hayvonot bog‘ining maxsus hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirildi va veterinarlar tomonidan nazoratga olindi.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024