Vazir o‘rinbosari: «Hozirgi bank tizimi g‘oyani moliyalashtirishga tayyor emas»
Joriy yilning 6 dekabr kuni 2019-2021 yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasini amaliyotga tatbiq etishning yillik natijalariga bag‘ishlangan brifingda innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov innovatsiyani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berar ekan, g‘oyani innovatsiyaga aylantirish hamda venchur fondlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Har bir g‘oyaning innovatsiyaga aylanishi qiyin. O‘rtacha o‘nta g‘oyaning ikkitasi innovatsiyaga aylanib, iqtisodiy samara bersa, xursand bo‘lishimiz kerak. Lekin shu o‘nta g‘oyani ham moliyalashtirmasak, natijaga erisholmaymiz.
Albatta, hozirgi moliyalashtirish tizimi bu masalani yechib berolmaydi. Ya'ni, bank g‘oyani moliyalashtirishga tayyor emas. Buning uchun xorijiy tajribaga suyanamiz. Bu Venchur kapitali, venchur fondlari tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘nta g‘oyani moliyalashtirib, ikkitasi iqtisodiy samara berganda, o‘ntaga sarflangan xarajatlarni bir necha barobar qoplashga erishiladi.
Shu ikkita g‘oya ham ma'lum bir sohaga joriy qilinganda, sakrash qilishga yoxud ko‘proq foyda olishga olib keladi», deya vaziri o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
09:59 / 23.11.2024