Anzur Ismoilov «Paxtakor» bilan muzokara o‘tkazdi, u Simichning o‘rnini egallashi mumkin
Ushbu mavsumda Toshkentning «Lokomotiv» klubi sharafini himoya qilgan Anzur Ismoilov kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin.
«Temiryo‘lchilar» bilan amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetayotgan tajribali himoyachiga «Paxtakor» klubi qiziqish bildirgan. 2020 yilda katta maqsadlarni ko‘zlayotgan klub rahbariyati Anzur Ismoilov bilan bu borada muzokara o‘tkazgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq himoyachisi «Paxtakor»da bu yil shartnomasi tugagan va jamoani tark etishi kutilayotgan chernogoriyalik markaziy himoyachi Marko Simichning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Anzur Ismoilov 2019 yilgi mavsumda Superligada eng ko‘p – 26 o‘yinda, to‘liq 2340 daqiqa to‘p surgan.
Mavzuga oid
17:46 / 25.12.2024
«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024