Lukashenko yil oxirigacha Rossiya bilan integratsiya bo‘yicha muhim masalalarni hal qilishni rejalashtirmoqda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashishini va yil oxirigacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Belarus va Rossiya integratsiyasi bilan bog‘liq muhim masalalarni batamom hal qilmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda «BelTA» axborot agentligi xabar berdi.
“20 dekabrdan keyin ikki davlatning birgalikda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq muhim masalalarni hal qilish uchun Rossiya prezidenti bilan ham uchrashishga to‘g‘ri kelishi mumkin”, deb aytgan Belarus prezidenti.
10 dekabrda Lukashenko Medvedev bilan telefon orqali suhbatda ikki davlat integratsiyasi va savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ishlarni muhokama qilgan.
Ayni vaqtda Moskva va Minsk Ittifoqdosh davlatni tashkil etish bo‘yicha yangilangan harakatlar dasturi doirasida integratsiya bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni muvofiqlashtirish ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34