Avast antivirus ishlab chiqaruvchisi 2013 yildan beri foydalanuvchilar faolligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni sotmoqda - Forbes
Kompaniyaning ta'kidlashicha, xaridor faqat anonim ma'lumotni oladi va foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari xavfsizdir.
2013 yildan beri Chexiyaning Avast antivirus yechimlarini ishlab chiquvchi kompaniyasi foydalanuvchilarning internet faolligi hamda odatlari to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘playdi va ushbu ma'lumotlarni uchinchi tomon kompaniyalariga sotib keladi. Bu haqda Forbes yozmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Avast 400 millionga yaqin foydalanuvchiga ega. Avast bosh direktori Ondrey Vlchekning tushuntirishicha, gap maxfiy ma'lumotlarni sotish haqida borayotgani yo‘q.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avast brauzer uchun kengaytmalar yordamida foydalanuvchilarning faolligini kuzatib boradi. Kompaniya serverlariga kirishdan oldin, ma'lumotlar umumiylashtiriladi. Keyin ma'lumot Jumpshot kompaniyasi tomonidan tahlil qilinadi va sotiladi, uni Avast 2013 yilda xarid qilgan.
Mijozlar uchun mavjud bo‘lgan ma'lumot - internet foydalanuvchilarining odatlari. Masalan, bir saytdan ikkinchisiga o‘tgan foydalanuvchilarning foizi aniqlanadi. Bunday ma'lumotlar reklama kampaniyalarini kuzatish uchun foydali bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.
Jumpshot saytida aytilishicha, mutaxassislar foydalanuvchilar nimani qidirgani, qaysi mahsulot yoki brendga qiziqish bildirgani, nima sotib olgani to‘g‘risida batafsil ma'lumot berishi mumkin. Ma'lumotlar mamlakatlar, toifalar yoki domenlar bo‘yicha taqdim etiladi.
Ondrey Vlchek bunday ma'lumotlarni bemorlarning anonim ma'lumotlariga asoslangan tibbiy tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslaydi. Uning ta'kidlashicha, Avast reklama beruvchilar hamda boshqa kompaniyalarga targeting uchun shaxsiy ma'lumotlarga kirish imkonini bermaydi.
Avast rahbarining so‘zlariga ko‘ra, internetdagi odatlar haqida ma'lumot sotish umumiy daromadning 5 foizini tashkil etadi. Forbes’ning bildirishicha, 2019 yil dastlabki olti oyida kompaniya daromadi 430 million dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
18:25 / 14.12.2024
Hakerlar troyan viruslarini O‘zbekistonda keng tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020