O‘zbekiston | 19:52 / 11.12.2019
7123
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: Ortga yo‘l yo‘q! Xususiylashtirilgan mulklar masalasi qayta ko‘rilmaydi

Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tashabbusi bilan bir guruh jurnalistlarning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, agentlik faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi. OAV va soha vakillari ishtirokidagi bu tadbirda xususiylashtirish, investitsiya majburiyatlarini monitoringi, korxonalarda korporativ boshqaruv, sanatsiya va bankrotlik, sud boshqaruvchilariga qo‘yilayotgan talablar, turli mulklarni baholash mezonlari, E-ijro auksion faoliyati kabi yo‘nalishlarda tushuntirishlar, savollarga javoblar berildi.

Ishtirokchilarni baholash kompaniyalarning faoliyati, raqamlar tafovuti bo‘yicha kelib chiqayotgan ziddiyatlar, bankrotlikdagi holatlar ko‘proq qiziqtirdi. Baholash faoliyatini litsenziyalash va rieltorlarni sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Arkadiy Matyashinning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha baholovchi kompaniyalar nodavlat hisoblanadi va ularning hisob-kitoblari tavsiyaviy xarakterga ega.

Kun.uz muxbirining «bundan 15-20 yillar avval xususiylashtirilgan mulklar bo‘yicha qarorlar qayta ko‘rib chiqilayotgani, ayrimlari barcha investitsiyaviy majburiyatlar bajargan bo‘lsada, tortib olinayotganini qanday izohlaysiz?» degan savoliga Investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sardor Jumayev shunday javob berdi:

– Bunday holatlar afsuski bor va ular davlatimizning xalqaro imijiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shuni rasman ta'kidlamoqchimanki, agentligimizning ayni masaladagi pozitsiyasi qat'iy – bu borada ortga yo‘l bo‘lmasligi, xususiylashtirilgan mulklar masalasi qayta ko‘rilmasligi shart. Hatto shunday holatlar bilan bog‘liq sud jarayonlariga o‘z huquqshunoslarimizni yuborib, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishga tayyormiz.

Mavzuga oid