Namangan va Farg‘onada noqulay ob-havo sharoiti: samolyotlar Toshkentga qo‘nmoqda
Joriy yilning 12 dekabr kuni Namangan va Farg‘ona aeroportlaridagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli tuman) tufayli, «Moskva-Namangan» yo‘nalishida parvoz qilgan Red Wings aviakompaniyasi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 05:57da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Toshkent aeroportida yo‘lovchilarning qulay kutishi uchun barcha sharoitlar yaratildi, shu jumladan issiq ovqat tashkil etilgan.
Soat 16:00 holatiga ko‘ra, ushbu reysdagi 219 yo‘lovchining 61 nafari Toshkent aeroportida qolmoqda. Red Wings aviakompaniyasi ularni mehmonxonada joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Namangan va Farg‘ona aeroportlarida ob-havo sharoitlari tufayli ko‘rishning cheklanishi saqlanib qolmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Shuningdek, Uzbekistan airways’ning Toshkent-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Airbus A320-214 samolyoti Namangan aeroportidagi ob-havo sharoiti tufayli ortga qaytdi.
Bundan tashqari, Nordwind aviakompaniyasining Moskva-Namangan yo‘nalishidagi Boeing 737-8SH havo kemasi Namangan aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli Toshkentga qo‘ndi.
Uzbekistan airways’ning Moskva-Farg‘ona reysidagi Boeing 757-231 samolyoti Farg‘ona aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli Toshkentga qo‘nadi.
Utair’ning Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi Boeing 737-8GU havo kemasi Farg‘onadagi noqulay ob-havo tufayli Toshkent aeroportiga qo‘nishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:24
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024