O‘zbekiston | 20:12 / 13.12.2019
16826
2 daqiqa o‘qiladi

MSK raisi o‘rinbosari: «O‘qituvchining saylov uchastkasini jihozlashi – noqonuniy holat»  

Foto: Xalqaro press-klub

13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.  

Anjumanda qatnashgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib chiqqan holda, joylarda saylov uchastkalarining aksariyati umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joylashgani va saylov uchastkalarini jihozlash ham o‘sha maktab o‘qituvchilari zimmasiga tushayotgani, bu holat qonunchilikka qanchalik mos ekanligi borasida savol berdi.

«Haqiqatda bizdagi 75 foiz saylov uchastkalari maktablarda joylashgan. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodagi tajriba. Shuningdek, maktablarning infrastrukturasi ham saylovlarni o‘tkazish uchun juda mos. 

Biz avvalgi saylovlardan farqli, bu galgi saylovda barcha uchastkalarni keragidan ortiq jihozlashni ta'minlay oldik.

Agar qayerdadir saylov uchastkalarini jihozlash o‘qituvchilar zimmasiga tushayotgan bo‘lsa, bu noqonuniy holat. Biz bunday holatni aniqlasak, albatta tegishli choralar ko‘ramiz. Chunki bunga extiyoj yo‘q, biz aytganimdek, barcha uchastkalarni jihozlar bilan ta'minlab qo‘yganmiz», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid