Jamiyat | 08:06 / 17.12.2019
14139
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Neksiya» ta'mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 14 dekabr kuni taxminan soat 19:10da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Oltintepa ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, “Neksiya” rusumli avtomobilning 39 yoshli haydovchisi B.E. boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Natijada, avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va to‘siqlarni chetlab, ta'mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan. 

Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.

“Neksiya” haydovchisining gaplariga qaraganda, YTHga yo‘lda avariyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bo‘lgan, ammo o‘sha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qololmagan. Ushbu faktni tekshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Bildirilishicha, chuqurlik qazilishiga sabab bo‘lgan gaz o‘tkazgichning ta'mirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Ilgariroq (22 noyabr kuni), ta'mirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147-moddasi bo‘yicha, ya'ni ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid