Jamiyat | 12:43 / 20.12.2019
12601
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zLiDePning noan'anaviy usuldagi targ‘ibot aksiyasi

Foto: O‘zLiDeP

Ko‘rgandirsiz – poytaxt ko‘chalarida yana bir yangilik kuzatilayapti. U ham bo‘lsa transport orqali targ‘ibot qilish yo‘lidan samarali foydalanilayotganidir. Ayni jabhada, ayniqsa, O‘zLiDePning faolligi yaqqol sezilmoqda. Necha kunki turistlarga mo‘ljallangan ikki qavatli avtobuslarda innovatsion tashviqot uyushtirilayapti. Yoshlarning aksariyati bunga qiziqish bildirayotir. Faollar zavonaviy ulovlarda yurib, partiya atributlari, shiorlari aks etgan flayerlarni, nomzodlarning plakatlarini tarqatishmoqda. Mazkur aksiyaning yoshi kattalar tomonidan noan'anaviy usul sifatida ta'riflanayotgani ham bejiz emas.

Liberal-demokratlar ko‘chama-ko‘cha, mahallama-mahalla harakatlanib, ovoz kuchaytirgichlar ko‘magida saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar haqida gapirayapti. Transportdagi targ‘ibotning ta'sirchanligini oshirish uchun karnay-surnaychilar ham taklif etilgani o‘tgan-qaytganning e'tiborini tortmoqda. O‘zLiDePning ana shunday ikki qavatli avtobuslari kuni kecha poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Yunusobod, Shayxontohur tumanlarida harakatlanayotgani kuzatildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari nafaqat poytaxtimizda balki, respublikamizning barcha viloyatlarida ham o‘tkazilmoqda.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid