Jamiyat | 17:57 / 23.12.2019
9301
2 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi mahalliy korxona viloyatning temir-beton tayanchlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qoplamoqda

«Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil davomida qurilgan obektlarda 11 ming dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Ushbu temir-beton tayanchlardan 7,5 ming donasi jamiyat qoshida tashkil etilgan «Temir beton tayanch» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarildi.

Hozirda korxonada 25ta yangi ishchi o‘rni yaratilgan. Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 56 donani tashkil qilib, yillik ishlab chiqarish quvvati esa 18 ming dona temir-beton tayanchni tashkil etadi. Korxona ishga tushirilishi natijasida jamiyatning tayanchga bo‘lgan ehtiyoj to‘la qoplandi.

«Avvallari temir-beton tayanchlarni yetishmasligi, talab qilingan muddatga ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yetkazib berishda muammolar kelib chiqishi, uzoq masofadan tashib kelinganda ortiqcha xarajatlar yuzaga kelar edi. Bugungi kunga kelib bu muammolar to‘liq bartaraf etilgan. Shu bilan birga, jamiyat qoshida temir-beton tayanchlar ishlab chiqarilishi hisobiga yil davomida 6,1 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolishga erishildi», deyiladi jamiyat xabarida.

«Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»
AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid