YeOIIga a'zo davlatlar Rossiyaning dasturiy ta'minot to‘g‘risidagi yangi qonuniga qarshi chiqdi
Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston vakillari texnik murakkab mahsulotlar - mobil qurilmalar, kompyuter va smart-televizorlarga Rossiya dasturiy ta'minoti o‘rnatish majburiyatini yuklaydigan yangi qonunga qarshi chiqdi. Bu haqda "Vedomosti" xabar berdi.
Rossiyaning YeOII bo‘yicha hamkorlarining fikricha, mazkur qonun ittifoq to‘g‘risidagi shartnoma, JSTning savdo xizmatlari bo‘yicha bosh kelishuvi va Bojxona ittifoqining texnik reglamentiga zid va Rossiyada YeOIIning boshqa davlatlaridan keladigan texnik murakkab mahsulotlar aylanmasini cheklaydi.
Qayd etilishicha, bundan tashqari, yangi tuzatishlar ittifoq ichki bozorining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Rossiya aloqa vazirligi vakili Yevgeniy Novikov "dasturiy ta'minot o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun YeOII to‘g‘risidagi shartnomaga zid kelmasligini" bildirdi.
Avvalroq maishiy texnika va kompyuterlar sotuvchilari va ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi ushbu hujjat YeOII to‘g‘risidagi shartnoma moddalarini buzishiga e'tibor qaratgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 dekabr kuni Rossiya dasturiy ta'minotini o‘rnatish to‘g‘risidagi tuzatishlarni imzolagan bo‘lib, ular 2020 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, Rossiya hududida sotiladigan texnik murakkab hisoblanuvchi mahsulotlarga avvaldan Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta'minot o‘rnatilishi shart bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024