O‘zbekiston | 10:25 / 25.12.2019
48404
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yangi metro bekatlari qachon foydalanishga topshirilishi bo‘yicha izoh berdi

Toshkent shahrida metropoliten obektlari loyihaning amalga oshirish rejasi, qurilish normalari va texnik talablar asosida foydalanishga topshiriladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Axborot-tahlil media-markazi OAVda 18 dekabr kuni Yunusobod metrosining yangi liniyasida ro‘y bergan fojia ortidan bu qurilish jaraëni yanada jadallashgani, metro bekatlari 28 dekabr kuni ochilishi rejalashtirilayotgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etib chiqdi.

«28 dekabrgacha Yunusobod stansiyasi ustini beton qoplama bilan ëpish tugallanishi kerak edi. Hozir shoshib-pishib shunga harakat ketyapti. Muddat 28 dekabr edi, shunday qoladi, deyishdi. Prezidentga hisob berish kerak ekan», deyilgandi OAVda tarqalgan xabarda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabarida Toshkent shahridagi Sergeli metro yo‘nalishidagi qurilish ishlari va Yunusobod yo‘li qurilishining ikkinchi bosqichi davom etayotgani, obektlar loyihasi amalga oshirish rejasi, qurilish normalari va texnik talablar asosida foydalanishga topshirilishini, shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari xabar berganidek 28 dekabrda ochilmasligi ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, qurilish ishlari ketayotgan hududlarda qurilish texnikalarining ko‘payishi, yog‘ingarchiliksiz, havo ochiq bo‘lgan kunlarda ishni to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining Turkiston bekati qurilayotgan hududda yer o‘pirilishi yuz bergan, 6 kishi tuproq ostida qolib ketgandi. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish hamda zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan, halok bo‘lganlarning oilalariga 100 million so‘mdan kompensatsiya to‘lab berilgan, prokuratura hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘agan.

Mavzuga oid