Afg‘onistondagi ixtilofda o‘n yil ichida 100 mingdan ko‘proq kishi o‘ldirilgan yoki yaralangan
Afg‘onistonda oxirgi o‘n yillikda teraktlar va jangovar harakatlar vaqtida tinch aholi orasidan 100 mingdan ko‘proq kishi o‘ldirilgan yoki yaralangan. Bunday ma'lumotni BMT bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga ko‘mak berish missiyasi rahbari Tadamichi Yamamoto keltirib o‘tdi.
“2009 yildan hozirga qadar tinch aholi orasidan halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi”, deb keltirgan Yamamotoning so‘zlarini Asharq Al-awsat nashri. BMT vakilining ta'kidlashicha, bu odamlar BMTning Afg‘onistonga ko‘mak berish missiyasi 2009 yilda tinch aholi orasidagi qurbonlarni qayd qila boshlagandan keyin o‘ldirilgan yoki yaralangan.
Shu munosabat bilan Yamamoto barcha manfaatdor tomonlarni Afg‘onistonda zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga va tinchlikka erishishga chaqirgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024