O‘zbekiston | 12:33 / 27.12.2019
4270
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun avans miqdori belgilandi

Foto: KUN.U

U iqtisodiyot va sanoat vazirining tegishli buyrug‘i bilan belgilandi, deb yozmoqda Norma.
 
Elektron kooperatsiya birjasi portali sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalarni masofadan turib tuzish uchun mo‘ljallangan. Mazkur portal orqali xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar zakalat va operatorning vositachilik yig‘imini o‘z ichiga olgan avans mablag‘ini to‘laydilar.
 
Bunda shuni eslatib o‘tamizki, budjet buyurtmachilari zakalatdan ozod qilingan, ular faqat vositachilik yig‘imini to‘laydilar.
 
Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilarning summasi belgilandi:

zakalat – elektron savdoga qo‘yilgan lot summasining 1 foizi;

vositachilik yig‘imi - xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga ko‘ra tuzilgan shartnoma summasining 0,10 foizi miqdorida.
 
Hujjat 24.12.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid