Jamiyat | 13:43 / 28.12.2019
42861
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

EVOS E’TIROFI-2019 mukofoti. EVOS’ning eng yaxshi xodimlari taqdirlandi

26 dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent' da EVOS’ ning eng yaxshi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotning asosiy maqsadi - yakunlanayotgan yil sarhisobi, EVOS’ ning eng yaxshi xodimlarini taqdirlash va samarador motivatsiya tizimining barcha darajalarini qo‘llab quvvatlashdir.

Tadbir boshlanishida barcha mehmonlarni quvnoq animatorlar va maxsus tayyorlangan foto-hudud kutib oldi. Shuningdek, ushbu tadbirga Karavan guruhi, Jahongir Otajonov, Million jamoasi va ajoyib boshlovchilar Dildar Islamova, Davron Kabulov ko‘rk qo‘shishdi.

EVOS xodimlari vijdonli va mehnatkash, o‘z ishlarini sifatli bajaruvchi, eng asosiysi esa o‘z kasblarini sevuvchilardir. Mana, nima sababdan ularning har biri g‘oliblikka da'vo qila oladilar.

Ushbu yil 40 nafar EVOS xodimlari mukofotga sazovor bo‘ldilar, ular orasida oshpazlar, su-sheflar, ish boshqaruvchilar, kassa xodimlari, mashinalar to‘xtash joyi xodimlari, ofitsiantlar va boshqa ko‘plab xodimlar mavjud.

EVOS xodimlarini sazovor bo‘lgan mukofotlari bilan qutlaymiz! Hamda ularga o‘z kasblarining haqiqiy ustasi va mohirlari bo‘lib qolishlarini, o‘zlariga ishonishlarini, har kuni o‘z ustlarida ishlab kamolotga yetishishlarini tilab qolamiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid