Tanzila Norboyeva muhokamalarga sabab bo‘lgan videorolikka munosabat bildirdi
Bugun, 28 dekabr kuni, Oliy Majlis Senatida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning 2019 yildagi faoliyati sarhisob qilindi.
Unda Komissiya a'zolari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisni O‘zbekiston Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Tadbir davomida Senat raisi Adliya vazirligi tomonidan ajrimlar to‘g‘risida tayyorlangan va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan videorolik haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Rolik yomon emas, yaxshi rolik. Rolikda bolaning iztirobi ko‘rsatilyapti. Kichkina bir qizchaning ota-onasi ajrashyapti. Qizchaning ko‘zida dard, alam. U qiz hayotga nima uchun keldim, nima uchun ota-onam birga bo‘lmaydi degandek. Bitta jihati ayol eri bilan bolasini tashlab chiqib ketyapti. Ijtimoiy tarmoqdagi faol ayolimiz aytyaptiki, bu yerda ayollarni diskriminatsiya qilinyapti. Nima uchun komissiya indamay turibdi, degan ochiq xat ham yozdi”, - dedi Tanzila Norboyeva.
U videorolikda ayolga nisbatan zo‘ravonlik, uning sha'niga nisbatan salbiy holat aks etmaganligini aytib o‘tdi.
“Bu yerda gap ajrim haqida. Bolaning iztirobi. Bolaning noto‘g‘ri oilada qolayotgani. [Blogerimizning fikridagi] bitta narsaga men qo‘shilaman. Bizda 90 foiz ayol bolalari bilan qoladi. Erkak chiqib ketadi. Bu yerda ayol chiqib ketyapti. Bolasiga mehr ko‘rsatmasdan, bolasini eriga tashlab chiqib ketyapti. Mana shu tomondan shu bloger to‘g‘ri aytyapti. Lekin bu yerda shaxsiyatga tegish, zo‘ravonlik holatlari mutlaqo yo‘q”, - deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024