Jahon | 11:31 / 29.12.2019
10421
1 daqiqa o‘qiladi

Eron harbiy mashg‘ulotlar hududidagi josus kema va samolyotlarga o‘t ochishdan ogohlantirdi

Foto: REUTERS

Eronlik harbiylar Eron, Rossiya va Xitoy birgalikda olib borayotgan harbiy mashg‘ulotlar hududida aniqlanadigan razvedka kemalari va samolyotlariga o‘t ochishga tayyor. Bu haqda Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Habibulloh Sayyoriy ma'lum qildi. Uning so‘zlarini Tasnim axborot agentligi keltirib o‘tgan.  

“Ko‘plab davlatlar u yerda nima yuz berayotgani haqida ma'lumot olishga intilmoqda. Josuslar muayyan harakatlarni amalga oshirmoqda”, deb aytgan Sayyoriy.

U Eron “mashg‘ulotlar o‘tish joyida aniqlangan har qanday razvedka samolyoti va kemalariga qarshi o‘t ochishi”dan ogohlantirgan.

“Avval biz bunga qodirligimizni ko‘rsatganmiz”, db qo‘shimcha qilgan harbiy.

Uch davlatning birgalikdagi mashg‘ulotlari joriy haftada Hind okeanida boshlangandi. Ular 30 dekabrgacha davom etadi.

Mavzuga oid