1 fevraldan jarimalar, yig‘imlar va davlat bojlari oshmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yilning 1 fevralidan bazaviy hisoblash (223 000 so‘m) o‘zgarishsiz qoldi.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda «eng kam ish haqi» o‘rniga «mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori» kiritildi.
Bazaviy hisoblash quyidagilarni aniqlash uchun qo‘llanadi:
- soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini;
- tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini.
Qayd etish kerakki, bunga qadar ma'muriy jarimalar va boshqa to‘lovlar eng kam ish haqi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgandi va ish haqi oshishi bilan to‘lalanadi jarimalar miqdori ham oshar edi.
Biroz avvalroq, prezident qarori bilan budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oshirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024
Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
20:43 / 14.11.2024