Sport | 11:40 / 03.01.2020
12905
2 daqiqa o‘qiladi

«Surxon» sobiq bosh murabbiyi va sobiq hujumchisi «Lokomotiv»ga o‘tdi

Foto: Tribuna.uz

O‘tgan mavsumda «Surxon»da bosh murabbiy, keyinchalik sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey Miklyayev va hujumchi Abdul Aziz Yusupov Termiz klubini tark etdi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, Andrey Fyodorov «Lokomotiv» bosh murabbiy etib tayinlangach, Andrey Miklyayevni katta murabbiy lavozimiga taklif etgan. Shuningdek, «Surxon» klubi hujumchisi Abdul Aziz Yusupov ham «temiryo‘lchilar» safiga kelib qo‘shilgan. 

Ma'lumot uchun, 26 yoshli forvard 2019 yilgi mavsumda «Surxon» safida 23 o‘yinda 8ta gol urishgan erishgan. 52 yoshli murabbiy Andrey Miklyayev esa, 2012-2018 yillar davomida «Lokomotiv»da sport direktori, yordamchi murabbiy, bosh murabbiy lavozimlaridan faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, OChL saralash bosqichi doirasida 21 yanvar kuni Tojikiston chempioni «Istiqlol»ga qarshi maydonga tushadigan «Lokomotiv» klubi 3 yanvar kuni qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo‘l oladi.

Mavzuga oid