Eronning BMTdagi vakili general Sulaymoniy o‘limi uchun harbiy yo‘l bilan javob qaytarilishini aytdi
Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonchi general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Tehron harbiy yo‘l bilan javob qaytarishini aytdi.
"Harbiy aksiyaga javob - harbiy aksiya bo‘ladi", - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida va qasos "qaqshatqich bo‘lishi"ni qo‘shib qo‘ydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniyning o‘ldirilishi "Eronga qarshi urush boshlash bilan barobar".
Taxt-Ravonchi shuningdek, amerikalik siyosatchi va harbiylarning Sulaymoniy AQSh xavfsizligiga tahdid solgani to‘g‘risidagi iddaolarini rad etdi va bu ayblovga dalil keltirishlarini talab qildi.
Avvalroq Pentagon Sulaymoniy Bag‘dod aeroportiga raketa zarbasi berilishi oqibatida halok bo‘lganini ma'lum qilgandi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.
Eronning oliy rahnamosi oyatulla Ali Homanaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun qasos olinishiga va'da berdi.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024