Jahon | 00:48 / 05.01.2020
14736
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri Sulaymoniyning o‘limi sababli mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Foto: Reuters

Iroq bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdiy AQSh aviazarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy va shialar qurolli guruhi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning halok bo‘lishi munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. Bu haqda Iroq hukumatining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, motam shanba kunidan boshlab e'lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olinishini bildirdi.

Mavzuga oid