Jahon | 14:40 / 05.01.2020
92266
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronga yangi qurol qo‘llash bilan tahdid qildi

Foto: Eva Marie Uzcategui / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Tehron Amerika harbiy bazalariga hujum qiladigan bo‘lsa, Eronga qarshi yangi qurolni qo‘llash bilan tahdid qildi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

«AQSh yaqinda harbiy qurol uchun 2 trln dollar sarfladi... Agar Eron Amerika bazasiga yoki biror amerikalikka hujum qilsa, biz mutlaqo yangi, ajoyib qurolimizning bir qismini  zudlik bilan u tomonga yo‘llaymiz.. Hech ikkilanmasdan», - deb yozdi AQSh prezidenti.

Avvalroq Tramp agar Tehron amerikaliklarga yoki AQSh obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52ta obektga zarba berilishidan ogohlantirgandi.

AQSh prezidenti Eron 3 yanvarga o‘tar kechasi o‘ldirilgan «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy uchun o‘ch olish maqsadida AQShning qanchalik ko‘proq obektiga zarba berish masalasi muhokama qilayotganini ta'kidlab o‘tgan. 

Mavzuga oid