Jahon | 23:04 / 06.01.2020
22356
2 daqiqa o‘qiladi

Xalifa Haftar kuchlari Sirt shahriga kirgani ma'lum qilindi 

Foto: ESAM OMRAN AL-FETORI

Marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Qazzofiyning ona shahri - Sirtga kirib, shahardagi port ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Bu haqda LMAdagi manba xabar qildi. 

Ta'kidlanishicha, LMA shaharni egallash amaliyotining birinchi bosqichida sohilga desant tashlab, portni egallab olgan. Haftar kuchlari, shuningdek, as-Sa'diy harbiy bazasi, shaharning bir qator tumanlarini egallab, ayni vaqtda shahar markazi tomon yo‘l olmoqda.    

Qazzofiy Sirt yaqinida tug‘ilgan. U 2011 yilda shu shahar yaqinida isyonchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Avvalroq marshal Haftar xorijiy tajovuzga qarshi umumiy safarbarlik e'lon qildi. Haftar Turkiya parlamenti Liviyaga marshalning dushmanlari – Tripolida joylashgan Milliy kelishuv hukumatiga yordam berish uchun qo‘shinlar yuborishga ruxsat bergandan keyin bunday qadamga bordi.

Liviyaning katta qismini nazorat qilayotgan Haftar kuchlari oxirgi oylarda poytaxt Tripolini egallab olishga harakat qilmoqda. 

Mavzuga oid